Saud bin Abdulloh al-Qahtaniy

Saud bin Abdulloh al-Qahtaniy
Saudiya Arabistoni davlat maslahatchisiqirollik sudi maslahatchisi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1978-yil 7-iyul
saudiya Arabistoni, Riyad shahri
Fuqaroligi Saudiya Arabistoni fuqarosi
Millati Arab
Taʼlim

Qirol Saud universitetida huquqshunoslik bo'yicha bakalavr darajasi

Naif Arab xavfsizlik fanlari universitetida (NAUSS) jinoiy sudlov bo'yicha magistrlik darajasi
Faoliyati 2012—2019-yillar oralig`ida
Mukofotlari Saudiya Qirollik havo kuchlarini serjant

Saud bin Abdulloh al-Qahtaniy (1978-yil 7-iyulda tugʻilgan) — Saudiya Arabistoni davlat maslahatchisi va sobiq qirollik sudi maslahatchisi. 2018-yil oxirida ishdan boʻshatilgunga qadar u Saudiya Arabistoni qiroli Abdulla va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning maslahatchisi boʻlib ishlagan[1][2].

Xabar qilinishicha, u boshqa soʻroq va qiynoqlar qatorida Jamol Qashiqchining[3] oʻldirilishini nazorat qilgan. Aynan shu voqeadan keyin u ishdan boʻshatilgan. Dekabr oyida turk rasmiylari uni jamol Qoshiqchining oʻldirilishida ayblab hibsga olish uchun order bergan. 2019-yil mart oyidagi maʼlumotlarga koʻra, u uy qamogʻida ekanligi maʼlum qilingan[4]. 2019-yil aprel oyida Qoshiqchining oʻldirilishiga javob sifatida Qoʻshma Shtatlar hukumati al-Qahtani va yana 15 kishining Qoʻshma Shtatlarga kirishini taqiqladi[5].

„Millatchi mafkurachi“ sifatida taʼriflangan al-Qahtaniy Muhammad bin Salmonning tashqi va ichki siyosatiga katta taʼsir koʻrsatdi[6][7]. Ishdan boʻshatilgunga qadar uning rasmiy lavozimi Tadqiqotlar va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash markazining bosh nazoratchisi boʻlgan[8][9][10].

  1. „Who is Saud al-Qahtani, the fired Saudi royal court adviser?“. Al Jazeera English (20-oktabr 2018-yil).
  2. Zetter, Kim; Cox, Joseph. „Here Is the Technical Report Suggesting Saudi Arabia's Prince Hacked Jeff Bezos' Phone“. Vice Media (22-yanvar 2020-yil). „The digital forensic results, combined with a larger investigation, interviews, research, and expert intelligence information, led the investigators “to assess Bezos’ phone was compromised via tools procured by Saud al Qahtani,” the report states.“.
  3. „How the man behind Khashoggi murder ran the killing via Skype“. Reuters (22-oktabr 2018-yil).
  4. Mazzetti, Mark; Hubbard, Ben. „Saudi Crown Prince's Brutal Drive to Crush Dissenters Began Before Khashoggi“. The New York Times (17-mart 2019-yil).
  5. „Pompeo Bars 16 Saudis From U.S. in Response to Khashoggi Killing“. The New York Times. Qaraldi: 8-aprel 2019-yil.
  6. „Spotlight: Inside the stricken court of crown prince Mohammed Bin Salman“. GQ (27-dekabr 2018-yil).
  7. „Saudi 'Mr. Hashtag' becomes fall guy in Khashoggi case, but is he really down?“. France 24 (25-oktabr 2018-yil).
  8. „Saud Qahtani: Saudi authorities are taking legal steps against beIN Sports“. Saudi Gazette (23-iyun 2018-yil). „Saud Al-Qahtani, the general supervisor of the Center for Studies and Media Affairs at the Saudi Royal Court, confirmed that relevant Saudi authorities are taking the necessary legal steps against the beIN Sports channels for “bringing politics into sports”.“.
  9. SANS Institute. „The Prince Mohammad Bin Salman College for Cyber Security, Artificial Intelligence & Advanced Technologies has signed a Memorandum of Understanding (MoU) with the SANS Institute to benefit of the professional and specialised training in the different fields of cyber security.“. LinkedIn. „The memorandum was signed by the Dean of the College Dr. Abdullah Al-Dahlawi – on behalf of HE the General Supervisor of the Center for Studies and Media Affairs at the Saudi Royal Court & Chairman of the Saudi Federation for Cyber Security, Programming & Drones (SAFCSP) Dr. Saud Alqahtani“.
  10. „Assessing the Saudi Government's Role in the Killing of Jamal Khashoggi“. Office of the Director of National Intelligence (11-fevral 2021-yil). 26-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search